{{baseData.historyTitle}}

{{baseData.historyTitle}}

  • Pressa
  • 2021-09-03
  • OPPO kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi rasmiy xizmat ko‘rsatish markazining ochilishi haqida e’lon qildi.

    23-avgust 2021, Toshkent. - Bugun OPPO kompaniyasining O‘zbekistondagi birinchi xizmat ko‘rsatish markazi ochilishi bo‘lib o‘tdi. Endi har bir OPPO smartfonini xarid qilgan foydalanuvchimiz smartfon bilan bog‘liq muammoga duch kelsa, xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan yordam ko‘rsatilishiga va kafolat doirasidagi har qanday nosozliklardan bartaraf etilishiga ishonch hosil qilishi mumkin.

    “Biz O‘zbekistonda uzoq muddat ish yuritishni maqsad qilganmiz. Bizning eng asosiy vazifamizdan biri — mahsulotimizning ishlatilishini iloji boricha qulayroq qilish. Shu bois Toshkent shahrida xizmat ko‘rsatish markazini ochish juda muhim edi. Biz bu bilan to‘xtab qolmaymiz, albatta, keyinroq respublikaning boshqa shaharlarida ham xizmat ko‘rsatish markazini ishga tushirish rejasi bor”, — dedi OPPO kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili Zhang Yan.

    Xizmat ko‘rsatish markazidagi injenerlarimiz kelgan foydalanuvchilarimizni ko‘p kutishga majbur qilmay, har qanday muammolarga tezda yechim topishadi. Biz kutish vaqtini ham maroqliroq qilishga harakat qilganmiz. Mehmonlar vaqtdan unumli foydalanib, ular uchun alohida ajratilgan noutbuk orqali videolar ko‘rishi, pochtani tekshirishi yoki yangiliklarni o‘qishi mumkin.

    Shuningdek, xizmat ko‘rsatish markazida ko‘rgazma stoli ham mavjud, u yerda siz OPPO ’ning eng yangi mahsulotlari bilan tanishishingiz va xarid qilishingiz mumkin. Savdo menejeri sizga har bir modelning xarakteristikasi haqida so‘zlab, sizga tanlov qilishga yordam beradi.

    OPPO Reno5 Lite smartfoniga alohida e’tibor qaratish lozim. OPPO Reno5 Lite Vooc 4.0 tezkor zaryadlash texnologiyasiga (quvvati 30 Vt) va 4310 mA·s sig‘imli akkumulyatorga ega. Bunday smartfon bilan siz kun bo‘yi onlayn bo‘la olasiz. Shuningdek, smartfon 48 megapikselli to‘rtta kameraga ega va u turli xil kreativ tasvirga olish rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, Dual Viyew rejimi orqali siz bir vaqtning o‘zida ikki tomonni ham tasvirga tushira olasiz. AI Color rejimi esa sizga obyektni rangli va fonni oq-qora qilib tasvirga olishga imkon beradi.

    Yoqimli muhit, samimiy xodimlar sizni OPPO xizmat ko‘rsatish markazida kutib qoladi.

    Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Kichik halqa ko‘chasi 57, Mercato savdo markazi

    Mo‘ljal: “Malika” bozori

    Tel: +99894 052 66 68

    712051950

    Hotline

    712051950

    9:00 – 18:00 Dam olish kunisiz

    Email.svg

    Email orqali bog'lanish