{{baseData.historyTitle}}

{{baseData.historyTitle}}

  • Pressa
  • 2021-05-26
  • Doim ishonchli, doim qulay!

    Smartfonlar dunyosining yetakchi brendidan biri bo‘lgan OPPO, O‘zbekistonda o‘zining yangi A seriyasiga mansub OPPO A74 smartfonining sotuvga chiqarilishini e’lon qildi.
    OPPO A seriyasi texnologiya olamini doimo harakatda va ijtimoiy faol odamlar uchun yanada aniq, qiziqarli qilishga qaratilgan. Ular smartfonini almashtirishdan qo‘rqishmaydi, yangi narsalarni sinab ko‘rishni yaxshi ko‘rishadi va faol hayot uchun doimo eng yaxshisini izlashadi.
    “A seriyaning so‘nggi avlodiga mansub OPPO A74 bizga ham kundalik hayotda asqatadigan texnologiyalarni, ham chiroyli uslubimizni to‘ldiradigan zamonaviy dizaynni taklif qiladi. OPPO A74 foydalanuvchilarga har doim ishonchli va qulay bo‘lgan telefondan chinakam zavq olish imkoniyatini beradi ”, — deydi OPPO’ning O‘zbekistondagi vakili Zhang Yan.

    Doim ishonchli, doim kuchli

    OPPO A74 ish yoki o‘yin uchun sizning ehtiyojlaringizni qondirib, faol turmush tarzingiz bilan bemalol hamnafas bo‘la oladi. Chunki u ishonchli va yetarlicha kuchli.

    Qualcomm’ning Snapdragon 662 chipi bilan jihozlangan OPPO A74 nafaqat o‘ta silliq ishlashni ta’minlaydi, balki vaqt o‘tishi bilan telefonning sekin ishlashini kamaytiradi. Shunday tez ritmga ega bo‘lgan hayotimizda biz xohlagan so‘nggi narsa — bu kutish!

    OPPO A74 akkumulyatori esa qurilmani kun bo‘yi faol ishlatishga imkon beradi. Katta 5000 mA·s hajmli akkumulyator, 33 Vt quvvatga ega tezkor zaryad bilan siz kun bo‘yi smartfondan to‘xtamay foydalaning. Batareya yetishmasligi muammosidan butunlay xoli bo‘ling.

    Doim ishonchli, doim go‘zal tasvirlar

    A seriya sizning kundalik hayotingizda foydalanish uchun bag‘ishlangan bo‘lib, universal OPPO A74 smartfoni  do‘stlaringiz yoki oilangiz bilan baham ko‘rish uchun noyob daqiqalarni tez hamda osonlik bilan suratga olish va ularni bezash uchun turli xil funksiyalarni taklif etadi.

    OPPO A74’ning asosiy kamerasi 48 megapikselli, sun’iy intellektga ega obyektiv bilan jihozlangan. U ajoyib fotosuratlar va videolarni yuqori aniqlikda tasvirlaydi.

    Bugungi kunda hali ham urfda bo‘lgan selfi tasvirlar OPPO A74’ning 16 megapikselli old kamerasi yordamida sizga yanada aniqroq va ravshan suratlarni taqdim etadi. OPPO A74 suratga olish funksiyalari bilan maqtana oladi. U orqali videolarni tasvirlash hamda tezda tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Faqat bitta teginish bilan siz Soloop ilovasi yordamida videoni darhol turli hil musiqalar yordamida tahrirlashingiz mumkin.

    Soloop — bu sizning kaftingizdagi rejissor, ssenariy muallifi va muharriri.

    Nozik smartfonning ajoyib kuchi

    OPPO A74’ning har bir detallari ixcham va ingichka dizaynli korpusga ziyon yetkazmasdan joylashtirilishi uchun juda yaxshi ishlangan. OPPO A74 juda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa ham, uning vazni atigi 175 gramm atrofida va qalinligi esa atigi 7,95 millimetr.

    Ajoyib displey

    Oppo A74 Amoled FHD+ displeyi foydalanuvchilarni hayratga soladigan yuqori aniqlikka ega. Bundan tashqari, siz o‘yin o‘ynaysizmi yoki kino, seriallarni tomosha qilasizmi, u sizga ko‘zingizni kun-u tun davomida, qulay holatda saqlaydigan All Day Eye Care funksiyasini taqdim etadi.

    Telefoningizdan qanchalik ko‘p foydalansangiz, u ekranning optimal qulay yorqinligini yanada aniqlik bilan sozlay oladi. DC Dimming ko‘zingiz charchamasligi uchun ekran xiraligini 2048 darajaga moslashtirish orqali ko‘rinmaydigan ekran miltillashini kamaytiradi.

    Doim ishonchli, doimo qulay foydalanuvchi interfeysi

    Biz soatlab vaqtimizni telefonda o‘tkazamiz va bunday paytlarda sizni qulaylik bilan ta’minlash juda muhimdir. Oppo A74 batareyaning ishlash muddati bir necha foiz qolganida ham u sizga telefoningizning ishlash vaqtini uzaytirish yo‘lini taklif qiladi. Smartfonni endi tungi vaqtda bemalol quvvat olishga qoldirsangiz ham bo‘ladi, chunki optimallashtirilgan zaryadlash funksiyasi uni ertalabgacha xavfsiz yo‘l bilan 100 foizgacha to‘ldirib beradi.

    Batareya quvvati kam qolganda esa Super Power Saving Mode rejimi protsessor chastotasini pasaytirib, fon yorug‘ligini o‘zgartiradi va qorong‘i rejimni yoqib, messenjerlar kabi quvvatga “chanqoq” dasturlarni avtomatik ravishda sozlash orqali batareyaning qolgan quvvatini maksimal darajada tejaydi.

    Oppo Private Safe rejimi yordamida esa siz shaxsiy rasmlaringiz, videolaringiz, hujjat va boshqa fayllaringizni hech kimga kirish huquqini bermasdan saqlashingiz mumkin.

    Faqat g‘olib bo‘lish uchun o‘ynang

    Oppo A74 Qualcomm Snapdragon 662 protsessoriga ega bo‘lib, o‘yin o‘ynash uchun ham mos keladi va uning unumdorligi o‘yin jarayonini sekinlashtirishga yo‘l qo‘lmaydi.

    Hyper Boost funksiyasi yordamida operativ xotira bo‘shatiladi va shu orqali siz hech qanday kechikishlarsiz, mazza qilib o‘yin o‘ynashda davom eta olasiz. Bu esa telefoningizning javob qaytarish tezligini oshiradi va ekranning yuklash vaqtini ham tezlashtiradi.

    Smartfonni qayerdan xarid qilsa bo‘ladi?

    Oppo A74 may oyining oxiridan O‘zbekiston bozorlarida ikki xil rangda, ya’ni qora va ko‘k ranglarda sotuvda mavjud.

    Oppo A74 smartfonini bizning hamkor do‘konlarda: Mediapark, Idea, Radius, Ishonsh, Technoshop, Arena Markaz, Credit Asia, “Malika”, “Abu Saxiy” savdo rastalarida xarid qilishingiz mumkin.

     

    712051950

    Hotline

    712051950

    9:00 – 18:00 Dam olish kunisiz

    Email.svg

    Email orqali bog'lanish