• Pressa
  • 2021-03-24
  • OPPO A15 smartfonining sotuvi boshlandi

    OPPO A15 smartfonining sotuvi boshlandi

    Oppo A15 — ushbu smartfondan kundalik ermak (o‘yin-kulgi) va aloqa uchun zarur bo‘lgan barcha narsani topasiz. Model sun’iy intellektli uchtalik kamera va 6,52 dyuymli ekran bilan jihozlangan. U katta displeyi tufayli aniq suratlar olish imkonini beradi va ajoyib taassurot qoldiradi. Unda har doim aloqada bo‘lish uchun saqlash joyi yetarli bo‘lgan va ishlashi uzoq muddatli batareya mavjud.

    OPPO A15 smartfonining sotuvi boshlandi

    “Biz foydalanuvchilarga o‘zining mobil turmush tarzini qondirishi uchun zarur bo‘lgan asosiy funksiyalarni taklif qiluvchi OPPO A15’ni taqdim etishdan mamnunmiz. Siz do‘stlaringiz va oilangiz bilan aloqada bo‘la turib, 6,52 dyuymli katta ekran HD+ displeyidan bahramand bo‘lib, AI uchtalik kamerasi bilan ajoyib suratlar olishingiz mumkin”, — deydi Oppo’ning O‘zbekistondagi vakili Yang Van Sheyn.

    Uchtalik kamera

    Oppo A15 bilan siz AI uchtalik kamerasi yordamida odamlarni yoki atrofdagi dunyoni chiroyli rasmga olishingiz mumkin. Siz uchun eng muhim daqiqalarni saqlash uchun Oppo A15 13 Mp’li asosiy kameraga ega. 2 megapikselli makroobyektiv yordamida 4 santimetrgacha bo‘lgan masofadan yirik plandagi suratlar oling.

    Oppo A15’ning 5 Mp old kamerasi sizning tabiiy go‘zalligingizni oshiradi. AI Beautification terining turli xil ranglarini, jins, yosh va millatiga mos keladigan yuz xususiyatlarini tekislashi mumkin.

    Nafis dizaynli katta 6,52 dyuymli ekran

    Oppo A15’da 6,52 dyuymli ekran mavjud bo‘lib, u sizni o‘yinlar yoki videolar bilan jalb qiladi. 1600x720 piksellar sonini taqdim etadigan HD+ ekrani bilan birgalikda ekrandagi har bir detalni aniqlik bilan ko‘rish mumkin. Unda qalinligi atigi 7,9 millimetr bo‘lgan va 3D egilgan tanasi (korpusi) bor, bu smartfonni qo‘lingizda ushlab turishni osonlashtiradi. Oppo A15 jozibador rangga ega bo‘lib, O‘zbekiston bozorida qora va zangori ranglarda taqdim etiladi.

    OPPO A15 smartfonining sotuvi boshlandi

    Oppo A15 4230 mAch’ga ega bo‘lgan katta batareya, tez ishlash uchun 2 Gb operativ xotira va 32 Gb ichki xotira bilan jihozlangan. Sevimli musiqa, video va o‘yinlarga joy bo‘shatish uchun Oppo A15 xotirasini osongina 256 Gbaytgacha kengaytirish mumkin.

    MediaTek Helio P35 sakkiz yadroli protsessor bilan jihozlangan Oppo A15 batareyaning tez sarflanmaydigan silliq, samarali va ishonchli ishlashini ta’minlaydi.

    Smartfoningizni barmoq yoki Face ID (yuz identifikatori) bilan osongina blokdan chiqarishingiz mumkin, chunki u orqa barmoq izi sensori va AI Face Unlock texnologiyasi bilan jihozlangan.

     

    OPPO A15 smartfonining sotuvi boshlandi

    ColorOS 7,2 oxirgi versiyasini sinab ko‘ring

    Model ColorOS 7,2’ning oxirgi versiyasi qulay funksiyalar to‘plami bilan jihozlangan. Qorong‘i rejim yanada intuitiv tushunarli interfeys uchun yaxshilangan rang kontrastiga ega.

    Uch barmoq bilan ekranni siljitish gorizontal rejimni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa ekran tasvirlarini yaratishni yanada osonlashtiradi. Ekranni faqat uch barmoqda Icon Pull Down Gesture aylantirib, asosiy ekrandagi barcha ilovalarni bosh barmoqqa yaqinlashtiradi. “Aqlli” yon panel muhim ma’lumotlarga tezkor kirish uchun suzuvchi oynani yaratadi.