• Tariximiz
  • 2021-02-24
  • OPPO o'zining yangi texnologiyalari bilan tanishtirdi

       ● Ko'rgazmada tezkor quvvat olish texnologiyalari namoyish etildi.
       ● Shuningdek, OPPO brendi uy uchun kelajakning 5G-texnologiyalarini va yangi kontseptsiyali smartfonni taqdim etdi.

    Toshkent, 2021 yil 24-fevral - Yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchi OPPO kompaniyasi Shanxaydagi Mobile World Congress (MWC) da tezkor quvvat olish texnologiyalari haqida konferentsiya o'tkazdi. Tadbir doirasida, OPPO o’z stendida mobil qurilmalani zaryadlash, 5G yangi avlod kommunikatsiyalari va sun'iy intellekt sohasidagi yangi ishlanmalarni taqdim etdi.

    OPPO заряжает будущее новыми технологиями

    Kontaktsiz simsiz tez zaryadlash texnologiyasi
    Turli sohalardagi yetakchi hamkorlar, shu jumladan maishiy elektronika va mikrochip ishlab chiqaruvchilar, hamda CCTL (China Telecommunication Technology Labs) mutaxassislari, smartfon akkumulyatorlarini ultra tez zaryadlash texnologiyalarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun uchrashdilar.
    OPPO ko'plab innovatsion quvvatlovchi uskunalarni, shu jumladan 125 Vt quvvatga ega zaryadlovchini namoyish qildi, u 4000 mA/soat quvvatga ega smartfon batareyasini atigi 20 daqiqada 100% quvvatlantirishga qodir.
    Kompaniya shuningdek, smartfon batareyasini atigi yarim soat ichida aloqasiz simsiz quvvat oladiradigan 65 Vt quvvatga ega AirVOOC qurilmasini taqdim etdi, u faqat OPPO qurilmalari bilan, balki OPPO hamkorlari tomonidan litsenziyalangan OPPO texnologiyalari asosida yaratilgan gadjetlarda ham ishlaydi.

    OPPO заряжает будущее новыми технологиями

    OPPO tadqiqot instituti vitse-prezidenti Genri Tang MWC konferensiya doirasidagi “Innovatsiya va 5G investitsiyalari” haqidagi Sammitga 5G innovatsiyasi haqida nutq so’zlash uchun taklif qilindi:
    «OPPO 5G bizning hayot tarzimizni o'zgartirishiga qat'iy ishonadi. 5G tarmog’ining kengayib borishi bilan biz yangi dasturlar hayotning ko'plab sohalarida rivojlanishini va iste'molchilarga kutilmagan tajribalarni taqdim etishini  ko’rishimiz mumkin. Biz allaqachon 5G global standartini ishlab chiqishda qatnashmoqdamiz va televideniyadan to CPE, AR’ga qadar boshqa qurilmalarni, 5G tarqatishning boshqa imkoniyatlarini o’rganishni davom etmoqdamiz.
    Aqlli uy
    OPPO vakillari zaryadlovchi qurilmalar taqdimotidan tashqari, kompaniya mahsulotlari aqlli texnologiyalarni kundalik hayotga singdirishda qanday yordam berishi mumkunligini ham namoyish etdilar.
    Masalan, Qualcomm® Snapdragon ™ X55 5G RF modem tizimida ishlaydigan noyob 5G-router Omni uydagi Internet tarmog'ining asosiy bo'g'iniga aylanishi mumkin: u ikkita patentlangan antenna tizimi sababli 5G signallarini barqaror yuqori tezlikdagi Wi-Fi ulanishlarga aylantirishi mumkin:
       ● O-Reserve 5G antenna tizimi eng yaxshi signalni qabul qilish uchun avtomatik ravishda 8 antennadan 4tasini tanlab 6GHz diapozonidan kichik bo’lgan 5G spektridan foydalanadi.
    ● Shu bilan birga, O-Motion 360 ° texnologiyasi antennalarni aylantirib, 5G millimetr diapazondagi signallarni yuqori darajada qabul qilishi uchun avtomatik ravishda optimal holatni ta'minlaydi.

    OPPO, Qualcomm Technologies, Inc. va Ericsson yaqinda Omni yordamida 5G millimetrli to'lqin texnologiyalarini muvaffaqiyatli sinovlaridan o'tkazdi va 4.06 Gbit / s tezligiga erishdi.

     

    Kelajakdagi texnologiyalar
    Ko'rgazmaga tashrif buyurganlar 6,7 dan 7,4 dyuymgacha cho’ziladigan ekran bilan jihozlangan OPPO X 2021 kontseptual smartfoni bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

    Shuningdek, ko’rgazmada eksklyuziv model Reno 5 Pro + 5G Artist Limited Edition ham namoyish etildi. Ushbu smartfon grafik-rassom Joshua Vides bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Smartfonning orqa paneli elektroxromik shishadan yasalgan bo'lib, unga teginishingiz bilan rangi kumushdan ko'k rangga o'zgaradi.