Video tomosha qiling, video o'yinlarni o'ynang va ijtimoiy tarmoqda ommabop kontentni 90 Hz yangilash tezligi bilan qulay tarzda kuzating¹.
90 Hz
60 Hz
Yorug'lik nurlari
Nurlarning tovlanishi taasurotini beradigan 3D dizayn
Brilliant qirrasidagi kabi turli hil rangdagi nurlarning tovlanish taasurotini beradigan OPPO A53 korpusini yaratish paytida biz okean to'lqinlarining ozgaruvchan shu'lalaridan ilhomlanganmiz.
Moviy
Qora
Bir qo'l bilan qulay ravishda boshqarish imkoni
Dumaloq qirrali nozik smartfon
Smartfonning yengil va juda nozik korpusi bir qo'l bilan qulay ravishda boshqarish uchun mo'ljallangan. Shu bilan birga, u 5000 mA·s quvvatga ega batareya bilan jihozlangan, bu unga uzoq vaqt ishlash imkonini beradi.
20:9
Ko'rpusning nisbati
atrofida
8,4mm
5000 mA·s akkumulyator bilan jihozlangan
Unumdorligi
Har doim siz bilan bo'ladigan ajralmas yordamchi
OPPO A53 juda kuchli 5000 mA·s² batareya bilan jihozlangan va 18V quvvatli tez zaryadlash texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi. Agar siz smartfonni faol ishlatsangiz ham, uni bir zumda zaryad qilishingiz mumkin.
5000 mA·s
Akkumulyator
18V
Tez zaryadlash
Nazorat ostidagi quvvat
Energiya tejash funksiyasi tufali sizda doimo aloqada qolish imkoni bo'ladi va kutish rejimining optimallashtirilishi batareyaning quvvatini yanada samarali saqlaydi. Agar siz smartfondan faol foydalansangiz ham, u endi eng kerakli vaqtda o'chib qolmaydi.
Smartfonning ishga tushirish kechikishlarini unuting
Qualcomm Snapdragon
OPPO A53 kuchli 8 o'zakli protsessorga ega. Siz sevimli videolaringizni bir zumda yuklab olasiz va hech qanday muammosiz o'yin o'ynaysiz.
256Gb³
256Gb ga kengaytirish
RAM+ anti-lag texnologiyasi
Biz smartfonda shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan innovatsion RAM+ texnologiyasini qo'llaganmiz. Bu texnologiya tezkor xotiraning yanada samarali ishlatish imkonini beradi va ilovani ishga tushirishda yoki ular bilan ishlashda kechikishlarni kamaytiradi⁴.
Misli ko'rilmagan ovoz sifati
Ikkita stereodinamika
OPPO A53 ning ikkita stereodinamikalari kuchli va ajoyib ovozni ta'minlab beradi va Dirac texnologiyasi audio kontentni turiga qarab avtomatik ravishda sozlaydi. Kursiga o'tirib, sevimli musiqangizni tinglang: bizning smartfonimiz uni ajoyib tarzda eshitishga imkon beradi.
Kamera
Uchta obyektiv, uch karra sifatliroq suratlar
OPPO A53 kamerasi asosiy linza (13MP), makroobyektiv (2MP) va chuqurlik sezgichli (2MP) linzalarni o'z ichiga oladi. Ular birgalikda professional sifatli tasvirlarni yaratishga imkon beradi.
Mukammal portret
Siz va do'stlaringiz doimo diqqat markazida bo'lasiz. Portret rejimida siz har qanday vaqtda va har qanday joyda tabiiy boke effekti bilan ajoyib portret suratlarini tasvirga olishingiz mumkin.
Mukammal ranglar jilosi
Dazzle color rejimida bizning smartfonimiz obyektlarning tabiiy ranglarni taniydi va ularni yanada jilovdor qiladi. Endi sizning suratlaringiz yanada yorqin taasurot qoldiradi.
Turli hil filtrlar faqat siz uchun
Biz sizga kerakli kayfiyatni yaratishga yordam beradigan turli hil vaziyatlar va kompozitsiyalar uchun 15 ta filtrni taklif qilamiz va yangilarini qo'shishni rejalashtiramiz.
Har bir detallarni e'tiboringizdan qoldirmang
Endi siz faqat 4sm masofadan suratga olishingiz va mikrodunyoning ajoyib sirlari va go'zalligini ko'rishingiz mumkin.
ColorOS 7.2
Yangilangan yordamchi
Aqlli yordamchi bilan muloqot qilish osonroq va qulayroq bo'ldi. Xususan, biz foydalanuvchilarimizni qo'llab-quvvatlash uchun va bir qo'l bilan boshqarish imkonini yetkazib berish uchun jest kabi foydali funksiyalarni kiritdik.
Foydalanuvchilarimizni qo'llab-quvvatlash
Agar smartfoningiz bir nechta odam tomondan ishlatilsa, ma'lumotlaringiz maxfiyligini saqlab qolish uchun, ularga turli hil foydalanuvchi hisoblarini yarating.
Bir qo'l bilan boshqarish uchun jest
Biz smartfon ikonkalarini kichraytirish uchun va bir qo'l bilan boshqarish imkonini yaratish uchun maxsus jestni yaratdik.
1. Sukut bo'yicha ekranning yangilanish tezligi vaziyatga qarab avtomatik ravishda o'zgaradi. Sozlamalarda siz avtomatik rejimda 90 Hz yoki 60 Hz ni tanlashingiz mumkin.
2. 5000 mA·s standart batareya quvvati, minimal quvvat esa 4890 mA·s.
3. Ikkita SIM-karta va MicroSD karta uchun qo'shimcha 256 Gb xotira.
4. RAM+ Anti -lag faqat 128Gb ichki xotiraga ega bo'lgan versiya uchun qo'llab-quvvatlanadi.
5. Mahsulot rasmlari faqat ma'lumot uchun keltirilgan. Qurilma bilan real sharotda tanishib chqishingizni tavsiya etamiz.
6. Ushbu sahifada OPPOning texnik xususiyatlari ko'rsatilgan, sinov ma'lumotlari labaratoriyalar va yetkazib beruvchilardan olingan. Haqiqiy sharoitda ma'lumotlar sinov dasturining versiyasiga, atrof-muhitga va mahsulot versiyasiga qarab biroz farq qilishi mumkin.
Ushbu saytni to'g'ri ishlashi, trafikni tahlil qilish va saytni ko'rish tajribangizni optimallashtirish uchun biz
cookie-fayllar va shunga o'xshash texnologiyalardan foydalanamiz. Saytni ko'rishni davom ettirish orqali siz ushbu
cookie-fayllardan foydalanishga rozilik bildirasiz.Batafsil.